O‘zbekiston Moliya vazirligining Fiskal tahlillar instituti soliq siyosatiga oid yangi takliflar bilan chiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. Institut bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlarini soliqqa tortish, hamda banklarning foyda solig‘ini kamaytirish orqali, ularning komission daromadlarini QQSga tortish taklifini ilgari surmoqda. Shuningdek, alkogol uchun aksiz solig‘ini oshirish va yirik korxonalar uchun uglerod solig‘ini kiritish ham rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan yana bir taklif jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bosqichma-bosqich progressiv tizimga qaytarishdir. Ushbu takliflar iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida o‘rganilmoqda.
ManbaKun.uz