O‘zbekistondagi HAVAL modellar qatori yangi H7 krossoveri bilan to‘ldirildi. Ushbu model brendning bu yildagi eng kutilgan namoyishlaridan biriga aylandi. Yangilik mahalliy bozorga GWM Hi4 Plug-in Hybrid gibrid texnologiyasini olib keldi. Xaridorlarga avtomobilning ikki xil versiyasi - benzin dvigateli va zamonaviy gibrid kuch agregatiga ega varianti taklif etiladi.
ManbaKun.uz