Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali dastlab mis rangida bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan yashil tusga kirgan. Bu jarayon 25-30 yil davomida sodir bo‘lib, haykalni muhofaza qiluvchi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida ro‘y bergan. Mutaxassislar buni haykalni yemirilishdan himoya qiluvchi qoplama deb ta’kidlamoqda. Shunday qilib, Ozodlik haykali nafaqat ramz, balki ilmiy tadqiqotlar uchun ham qiziqarli ob’ekt hisoblanadi.
ManbaKun.uz