Xitoyning China Three Gorges Corporation (CTG) kompaniyasi Gobi cho‘lida dunyodagi eng yirik gibrid quyosh energiya majmuasini tijoriy sinov rejimida muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Ushbu majmua o'zining qiziqarli xususiyati bilan ajralib turadi: quyosh botganidan keyin akkumulyatorlarsiz ham bir necha soat davomida elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir. Bu yutuq global energiya sohasida yangi istiqbollarni ochishi mumkin.
ManbaKun.uz