O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyuradi. Tashrif davomida u O‘zbekiston metallurgiya kombinatida olib borilayotgan ishlar va istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan. Bu ishlar mamlakatning sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
ManbaKun.uz