Rossiyaning Voronej viloyatida joylashgan Wildberries kompaniyasining yirik logistika markazida 11-avgustga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. Majmuaning maydoni qariyb 153 ming kvadrat metr bo‘lib, 90 milliondan ortiq tovar saqlanishi mumkin edi. Yong‘in paytida Voronejda dron hujumi xavfi sababli ogohlantirish e’lon qilingan. Dron xavfi ushbu hodisa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Baxtsiz hodisa haqida batafsil ma'lumotlar hali keltirilmagan.
ManbaKun.uz