New York Times nashri Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodning Isroil bilan aloqalari haqida yozdi. Siyosatchining idorasi bu da’volarni rad etdi. Kun.uz suhbatlashgan siyosatshunoslar bunday xabarlardan maqsad Eron ichkarisida tarqoqlik keltirib chiqarishga urinish bo‘lishi mumkinligini ta'kidladilar. Ahmadinajod prezidentligi davrida Isroilga qarshi murosasiz ritorikasi bilan tanilgan edi. Bu holat Eron ichida siyosiy vaziyatning o'zgarishi mumkinligini ko'rsatadi.
ManbaKun.uz