Respublikadagi 191 tumanda 2 407 ta chorvachilikka ixtisoslashgan mahalla mavjud. Bu mahallalarda 823 mingta xonadon va 3,9 mln nafar aholi istiqomat qiladi. Ushbu xonadonlarga arzon chorva mollari yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, sigirlarni sun’iy urug‘lantirish, yem-xashak ta’minoti va zooveterinariya xizmatlarini yaxshilash masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda. Nasldor buzoqlarni identifikatsiya qilish va ular uchun subsidiya ajratish taklif etildi. Bu harakatlar aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.
ManbaKun.uz