Toshkentda joylashgan "Keles" temiryo‘l chegara bojxona posti inspektori 3 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. U O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 10 ta iPhone mobil telefonlarini boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga pora olgan. Ushbu inspektor IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berishi to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Ushbu voqea huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aniqlangan. Masala yuzasidan tergov davom etmoqda.
ManbaKun.uz