Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan “Newport” turar joy majmuasidagi 9 ta blokdan 6 tasining qurilish-montaj ishlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilgan. Bu haqda Qurilish inspeksiyasi ma’lum qilgan. Inspeksiya tomonidan Mega Logistics Service kompaniyasiga bir necha bor yozma ko‘rsatmalar berilgan, ammo bu ko‘rsatmalar bajarilmagan. Shuning uchun, korxona mas’ullari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Hozirgi kunda to‘plangan hujjatlar huquq organlariga taqdim etilgan. Ushbu jarayon davom etmoqda.
ManbaKun.uz