Al-Jabr xalqaro maktabi Markaziy Osiyo olimpiadasiga mezbonlik qildi, bu tadbirda o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Maktabning Sun Life oromgohida bo‘lib o‘tgan ushbu xalqaro olimpiada O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 300 ga yaqin o‘quvchini bir joyga to‘pladi. Ishtirokchilar matematika, ingliz tili, IT, mental arifmetika, arab va rus tili fanlaridan bilimlarini baholashdi. Ushbu tadbir ta'lim sifatini oshirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
ManbaKun.uz