2026-2027 o'quv yilida 795 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinishi prognoz qilinmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, arizalar qabuli 20 iyundan boshlangan va 31 avgustgacha davom etadi. 135 ta tuman va shahar hamda davlat maktablarida hujjatlar onlayn tarzda my.gov.uz yoki my.maktab.uz orqali topshirilishi mumkin. Boshqa hududlarda esa arizalarni to'g'ridan-to'g'ri maktabda topshirish talab etiladi. Bu yilgi qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar adm.maktab portalida mavjud.
ManbaKun.uz