Davlat xarajatlari har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Byudjet mablag‘lari sog‘liqni saqlash, pensiya ta’minoti, ta’lim, infratuzilma, mudofaa va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bu jarayon mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Hukumatlar byudjetni shakllantirishda shularga katta e’tibor qaratadilar. O‘zbekiston ham bu borada o‘zining xarajatlarini oshirib bormoqda.
ManbaKun.uz