Nikoh shartnomasi er va xotinning nikoh davrida hamda nikoh bekor qilingan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi kelishuv hisoblanadi. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu shartnoma nikohdan oldin yoki nikoh davomida tuzilishi mumkin, ammo u albatta yozma shaklda rasmiylashtirilib, notarial tartibda tasdiqlanishi shart. Bu kelishuv nafaqat mulkiy masalalarni, balki nikohning boshqa shartlarini ham qamrab olishi mumkin. Nikoh shartnomasi tuzish masalasida ko'plab juftliklar uchun ma'lumot olish muhimdir.
ManbaKun.uz