Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik oila O‘zbekiston diplomatlari va Migratsiya agentligi ko‘magida vatanga qaytarildi. Baxtsiz hodisa oqibatida og‘ir jarohat olgan fuqaro hamda uning turmush o‘rtog‘i uchun aviachiptalar tashkil qilinib, ular O‘zbekistonga xavfsiz olib kelindi. Ushbu yordamlari uchun O‘zbekiston hukumati va diplomatlariga minnatdorchilik bildirilmoqda.
ManbaKun.uz