TBC Bank va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) tadbirkorlar uchun ikkinchi hududiy TBC Biznes Trening'ni o‘tkazdi. U Toshkentdagi muvaffaqiyatli startdan so‘ng, bepul ta’lim dasturi sifatida hududlar bo‘ylab davom etmoqda. Navbatdagi ikki kunlik trening 25–26 iyul kunlari Namanganda bo‘lib o‘tdi. Treningning maqsadi tadbirkorlar uchun zarur ko‘nikmalarni oshirish va biznesni rivojlantirishga ko‘maklashishdir. Ushbu treninglar orqali ishtirokchilar o‘z bilimlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
ManbaKun.uz