Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga soliq joriy etilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bank rasmiy bayonot berib, bu masala bo'yicha hech qanday rasmiy taklif kiritilmaganini ta'kidladi. Xabarlarda zikr etilgan soliq haqidagi malumotlar asossiz ekani bildirildi. Markaziy bank aholini bu kabi yolg'on ma'lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi. Bankning o'z rasmiy manbalariga murojaat qilishni tavsiya etdi.
ManbaKun.uz