Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yo‘l o‘tkazgichning bir qismi o‘pirilib tushishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Mazkur ish bo‘yicha 6 kishi jinoiy jazoga tortildi. Sud hukmiga ko‘ra, qurilish ob’yektida jami 6 mlrd 177 mln so‘mlik ishlar yaroqsiz bajarilgan. Bundan tashqari, 1,2 mlrd so‘mlik ish amalda bajarilmagan holda qo‘shib yozilgan.
ManbaKun.uz